Zomin-O‘zbek Shveytsariyasi
Ajoyib landshaftlar va toza tog‘ havosi, flora va faunaning xilma-xilligi, qadimiy ziyoratgohlar va noyob milliy sihatgoh – bularning barchasi Zomin.
Zominda nimani ko‘rish mumkin?
- Katta hududda joylashgan Zomin davlat tog‘ archa qo‘riqxonasi va uning tarkibiga kiradigan Baxmal o‘rmon xo‘jaligi, Zomin o‘rmon xo‘jaligi, umumiy maydoni 26840 ga. teng bo‘lgan Zomin milliy tabiiy bog‘i;
- Kristall ko‘llar
- Nurota tizmalari o‘zining janubiy, qisman g‘arbiy va vohasining bir qismini o‘rab, moʻtadil iqlimni taʼminlaydi, shuningdek, mintaqaning shimolidagi Aydar-Arnasay ko‘llar tizimiga relyef va tabiiy go‘zallikning o‘ziga xosligini beradi;
- Milliy sihatgoh – «Zomin» sanatoriysi
- Zomin milliy bog‘ida dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda “Zomin” sihatgohi joylashgan.
- Eng toza havo, tog‘li landshaftlar, ignabargli o‘simliklar – bularning barchasi kattalar va bolalarga tibbiy muolajalar o‘tqazish uchun eng yaxshi sharoit hisoblanadi.
- Qadimiy ziyoratgohlar va Parpi Oyim majmuasi.